"Bavariya" klubi "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Leroy Saneni qo'shib olish uchun jiddiy harakat boshladi.

The Guardian jurnalisti Fabritsio Romano xabariga ko'ra, myunxenliklar 23 yoshli futbolchining transferi borasida rasmiy taklif yubordi va uning uchun 80 million evro bermoqchi. Tomonlar muzokaraga kirishdilar.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" Sanening o'ziga yiliga 10 million evro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilgan.