«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinoning «Bavariya» o'tish bilan bog'liq ba'zi shartlar ma'lum bo'ldi.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko'ra, myunxenliklar futbolchining bir yillik ijarasi uchun "ko'k-anorranglilar"ga 15-20 million evro miqdorida pul to'lashadi. Shuningdek, mazkur shartnomada keyinchalik 120 million evroga Koutinoning huquqini sotib olish haqida band kiritiladi.