"Bavariya" ham bu kurashda ishtirok etadi

"Bavariya" yozda "Chelsi" futbolchisiga da'vogarlik qilib ko'radi. Xabarlarga ko'ra, Tomas Tuxel o'z jamoasida sobiq shogirdi Meyson Mauntni ko'rishni istamoqda.
24 yoshli futbolchining amaldagi bitimi yanagi yilda yakunlanadi. U uchun "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. Yarim himoyachi hali yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirmadi.
Manba: caughtoffside.com