"Bavariya" futbolchisi jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, klub himoyachisi Benjamin Pavar yozda yangi jamoaga o'tadi. Frantsiya terma jamoasi a'zosi allaqachon rahbariyatga o'z shartnomasini yangilamasligini bildirgan.

Uning amaldagi bitimi 2024 yilda yakun topadi. U 2019 yilda 35 million evroga "Shtuttgart"dan sotib olingan edi.

Manba: newsnow.co.uk