"Manchester Yunayted" "Bavariya" hujumchilari Erik-Maksim Shupo-Motingga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Shupo-Motingning transferi amalga oshishi mumkin. Chunki 34 yoshli kamerunlik futbolchining shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va jamoaning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushmoqda.

2023/24 yilgi mavsumda Shupo-Moting "Bavariya" tarkibida 19 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan.