Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubining hujumkor yarim himoyachisi Kingsli Komanda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatlari bor. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, vinger Premer-liganing bir qancha klublari manfaati doirasida, ammo ularning nomi oshkor etilmagan.

27 yoshli frantsiyalik futbolchi 2017 yilning yozidan beri myunxenliklarning futbolchisi hisoblanadi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi. Transfermarkt portali Komanning narxini 65 million evroga baholamoqda.