«Bavariya» bugun Dortmundning «Borussiya» klub himoyachisi Rafael Gerreyru bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda  taniqli insayder Florian Plettenberg xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik o'yinchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 2 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Gerreyru mavsum-2022/2023da «Borussiya» safida barcha musobaqalar doirasida 37ta o'yinda ishtirok etib, 6 gol va 13 assist muallifiga aylandi. U so'nggi 6 yil davomida dortmundliklar sharafini himoya qildi. Uning "asalarilar" bilan shartnomasi yakuniga etgani uchun "Bavariya"ga erkin agent sifatida o'tadi.

Manba: championat.com