Ispaniyaning “Valensiya” klubi hujumchisi Mishi Batshuayi APLga qaytishga yaqin turipti.

“Valensiya”o'tgan yozda futbolchini “Chelsi”dan ijaraga olgandi. U joriy mavsum 20 ta o'yinda 3 ta gol urgan.

Tribalfootball nashrining xabariga ko'ra, “Kristall Pelas” Batshuayini mavsum so'ngiga qadar ijaraga olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Batshuayi o'tgan mavsumning yarmini Dortmundning “Borussiya” klubida o'tkazgan edi.