"Barselona"ning moliyaviy ahvoli hali ham ko'p narsani kutmoqda. Hammasi kelayotgan yozda Kataloniya giganti futbolchilarning jiddiy savdosini tashkil qilishiga qarab ketmoqda.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar"ning maqsadi kamida 200 million evrolik transferlar.

Qayd etilishicha, "Barselona" bu summaning yarmini braziliyalik vinger Rafinyani Saudiyaning "Al-Hilol" klubiga sotish orqali ishlab olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin "Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning moliyaviy ahvoli yaxshilanganini ma'lum qilgandi.