«Barselona» yozda 130 million evroga futbolchi sotmoqchi

«Barselona» klubi yangi sport loyihasiga tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda. Rejaga ko'ra, jamoa yozgi transfer paytida o'z futbolchilarini sotish orqali 130 mln evro miqdorida daromad olmoqchi.
Xususan, «ko'k-anorranglilar» himoyachi Samuel Umtitini sotib yuborishmoqchi. Hozirda frantsiyalik futbolchi ko'p klublardan takliflar bor. Asosiy da'vogar esa «Manchester Yunayted» hisoblanadi.