"Barselona" Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfrisga qiziqish bildirayotgan klublar ro'yxatida.

Fichajes nashrining xabariga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” futbolchini kelasi yozda sotib olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Denzel Dyumfris Niderlandiya termasi chorak finalga chiqqan JCh-2022da yaxshi o'ynadi.

Klub darajasida Denzel Dyumfris Milanning "Inter" klubi sharafini himoya qiladi. Ushbu klub safida 65 ta rasmiy o'yinda niderlandiyalik futbolchi 7 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.