«Barselona» va «Yuventus» klublari yarim himoyachilarni o'zaro almashtirish masalasini muhokama qilishmoqda.

"Calciomercato" tarqatgan xabarga ko'ra, Ivan Rakitich Turinga yo'l olib, Rodrigo Bentankur Kataloniya poytaxtiga ko'chib o'tishi mumkin. Shu bilan birgalikda, "ko'k-anorranglilar" "Yuve"ga 30 million evro to'la berishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar iyun oyida o'yinchi almashishgan edi: «Barselona» 60 million evroga Miralem Pyanichni sotib olgan bo'lsa, Artur Melo 72 million evro evaziga Turinga ko'chib o'tgan edi.