"Barselona" "Tottenxem"ga Langlening narxini e'lon qildi

Kataloniyaning “Barselona” klubi Londonning “Tottenxem” klubiga o'z himoyachisi Kleman Lengleni sotishi mumkin. Bu mavsumda frantsiyalik himoyachi londonliklar safida ijara asosida o'ynamoqda.
Football Espana nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" agar "shporlar" uning transferi uchun 10-15 million evro to'lashsa, Lengleni qo'yib yuborishga tayyor.
Kleman 2018 yilda "Barselona"ga o'tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Himoyachi joriy mavsumda “Tottenxem” safida 7 ta o'yinda maydonga tushdi.