"Barselona" Torresni xarid qilmoqchi

El Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, Kataloniyaning“Barselona” klubi “Valensiya” vingeri Ferran Torresni xarid qilmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” 20 yoshli futbolchi uchun 35 million evro to'lashga tayyor.
Ma'lumot uchun, Torresning “ko'rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi keyingi yiling yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas.
Esatib o'tamiz, futbolchiga "Yuventus" klubi ham jiddiy qiziqib qolgan.