“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Isaak Kuenka yana Ispaniyani tark etadi.

Kuenka moliyaviy muammolarga duch kelgan “Reus Deportiu”dan ketish borasida kelishib olgan.

27 yoshli “ko'k-anorranglilar” tarbiyalanuvchisi mavsum boshida “Reus”ga qaytgan edi. Biroq, klub uni qaydnomaga kirotolmadi. Shu vaqt davomida u jamoasining mashg'ulotlarida qatnashib keldi.

Kuenka Fernando Torres o'ynayotgan Yaponiyaning “Sagan Tosu” klubiga o'tadi.