"Barselona" tarbiyalanuvchisi "Sampdoriya"ga yo'l oladi.

O'tgan mavsumda B Seriyaga tushib ketgan "Sampdoriya" vinger Estanis Pedrolani 3 million evro evaziga ijaraga oldi.

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Barselona" 19 yoshli futbolchining 50 foiz huquqlarini o'zida saqlab qoladi. Bundan tashqari, 2025 yilgacha "ko'k-anorranglilar" futbolchini 7 million evroga qaytarib sotib olishlari mumkin.

O'tgan mavsumda Pedrola 3-divizionda "Barselona B" safida 23 o'yinda 8 ta gol urdi.