«Barselona»ning Janubiy Amerikadagi sobiq skauti Andre Kyuri katalonlar sobiq yarim himoyachi Arturning «Yuventus» yarim himoyachisi Miralem Pyanichga almashtirilishi haqida gapirdi.

«Bu almashinuv — men futbol tarixida ko'rgan eng bema'ni ish. Haqiqiy bema'nilik.

Siz yiliga 2 million evro maosh oladigan 23 yoshli Arturni berasiz va klub xarajatlarini ko'paytirgan holda 6 million evro maosh oladigan 31 yoshli o'yinchini olasiz», — deydi Kyuri.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilning yozida «Barselona» Pyanichni 60 million evroga «Yuventus»dan sotib olgandi. Qarama-qarshi yo'nalishda Artur 72 million evro evaziga Turinga yo'l olgandi.

Manba: daryo.uz