"Barselona" sobiq futbolchisi APLga o'tishi mumkin

"Xetafe" himoyachisi Mark Kukurella faoliyatini "Brayton"da davom ettirishi mumkin. Ingliz klub Kukurella uchun 18 million evro taklif qildi. "Barselona"ning sobiq futbolchisiga "Brayton"dan tashqari "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.
2020/2021-yilgi mavsumda Kukurella Ispaniya La Ligasida 37 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta
golli uzatmaga mualliflik qildi.