"Barselona" Rossiya terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Ammo...

Rossiya terma jamoasi va Moskvaning "Dinamo" klubi yarimhimoyachisi Arsen Zaxaryan
"Barselona"ga o'tishdan qiziqishlari doirasiga tushgan. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar rossiyalik futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ammo, Sport-Express nashrining yozishicha, agar "Barsa" rahbariyati Arsenni transfer qilish taklifini bildirsa, 18 yoshli futbolchi buni rad etadi.
Qayd etilishicha, u o'zining ispan klubiga o'tishi, karerasiga ta'sir qilishi mumkin deb o'ylamoqda. Chunki, futbolchi yosh va hali "Barselona" safida o'ynab keta olishiga ishonmayapti.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Zaxaryan "Dinamo" safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.