«Barselona» klubi «Atletiko Paranaense» hujumchisi Vitor Roke bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Ko'k-anorranglilar" braziliyalik futbolchi bilan 8 yillik shartnoma imzoladi. Roke bilan tuzilgan shartnomada tovon puli sifatida 500 mln evro etib belgilandi. Viktor «Barselona» safiga mavsum-2024/25 boshida qo'shiladi.

«Barselona» Roke uchun «Atletiko Paranaense»ga 30+31 mln evro to'laydi. Rokening "Barsa"dagi yillik maoshi 3,5 mln evro teng bo'ladi.

18 yoshli futbolchi «Atletiko Paranaense» safida 28 o'yinda ishtirok etib, 12 gol va 6 assist muallifiga aylangan.

Manba: sports.ru