Belgiyalik vinger Yannik Karrasko shu yozda Madridning "Atletiko" klubini tark etib, faoliyatini Ispaniyaning boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin.

Todofichajes nashrining yozishicha, "Barselona" futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, potentsial bitim summasi 15-20 million evroga baholanmoqda. Karraskoning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2024 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. U Madrid jamoasida 2020 yilning sentyabridan beri o'ynamoqda.

29 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsumda La Ligada 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.