"PSJ" yarim himoyachisi Kayis Ruis-Atil "Barselona"ga qaytishga yaqin turibdi.

 Sky Sport Italia jurnalisti Matteo Morettoning xabar berishicha, 18 yoshli frantsuz "PSJ" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va 1-iyul kuni jamoani tark etadi. Uning "Barsa" bilan olib borayotgan muzokaralari so'nggi bosqichida.

Ruis-Atil - "Barsa"ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009-yildan 2015-yilgacha klub tizimida bo'lgan.

Ruis-Atil "PSJ" asosiy tarkibida 2020-yilda debyut qilgan. Shu vaqt ichida u Liga 1da 7 o'yin o'tkazdi.