"Barselona" o'z himoyachisi Oskar Mingesani 5-10 million evroga sotmoqchi. Futbolchi bosh murabbiy Xavining keyingi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan.

Himoyachi o'tgan mavsumda Ronald Kuman qo'l ostida Kataloniya klubining asosiy tarkibida maydonga tushgandi. Niderlandiya mutaxassis undan tez-tez foydalandi, ammo bu mavsum kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Xavi o'yinchiga asosiy tarkibdagi o'rinni ko'pincha ishonmadi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Barselona" yozgi mavsumda futbolchidan qutulmoqchi. Kataloniyaliklar futbolchining transferidan 5-10 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Mingesa joriy mavsum La Ligada 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.