"Barselona" himoyachi Aleks Vale bilan shartnomani 2026 yilning iyuniga qadar uzaytirdi va uni mavsum oxirigacha "Seltik"ga ijaraga berdi.

Vale - "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi sanaladi. O'tgan mavsumda 20 yoshli chap qanot himoyachisi "Levante"da ijarada bo'lganida Ispaniya Segundasida 29 ta o'yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt Valeni 2,5 million evroga baholamoqda.