«Barselona» «Norvich» himoyachisi bilan kelishuvga erishdi

"Barselona" klubi "Norvich"ning o'ng qanot himoyachisi Maks Aarons transferi borasida muzokara olib bormoqda.
Kataloniyaliklar futbolchining bir yillik ijarasi uchun 5 million evro taklif qilishdi. Chempionship klub esa uni 20 million funtga sotishni istamoqda.
"Barsa" Aaronsning o'zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'lgan.