"Barselona"ning gollandiyalik tarbiyalanuvchisi Xavi Simons "PSJ"ga o'tdi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

16 yoshli futbolchi "Pari Sen-Jermen" bilan 2022 yilning yoziga qadar bo'lgan shartnoma imzoladi. Kataloniyaliklar uni o'z saflarida ushlab qolishga harakat qildilar. Ammo shartnoma borasida futbolchining agenti — Mino Rayola bilan kelisha olmadilar.

"PSJ" yosh futbolchini tarbiyalab bergani uchun "ko'k-anorranglilar"ga ma'lum miqdorda kompensatsiya mablag'ini to'lab beradi.

Simonsning o'yin uslubi Lionel Messiga o'xshab ketadi. Shuning uchun unga "yangi Messi" deb laqab berishgan.