Yerri Mina oradan 6 oy o'tib "Fiorentina"ni tark etdi.

Kolumbiyalik himoyachi "Kalyari" bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi va yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega.

Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi A Seriyada 4 ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Mina "Barselona" va "Everton" klublarida ham o'ynagan.