"Barselona"ning sobiq himoyachisi Yerri Mina "Fiorentina"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, 2 avgust, chorshanba kuni tomonlar shartnoma shartlarini muhokama qiladi.

1 avgust kuni 28 yoshli kolumbiyalik futbolchiga RPLning bir qancha klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Minaning so'nggi klubi "Everton" bo'lib, u 2018 yilning avgustidan buyon o'ynamoqda. 2022/23 yilgi mavsumda himoyachi jamoasi safida 8 uchrashuvda 2 ta gol urdi.

O'tgan mavsum yakunlanganidan keyin "Everton" futbolchi bilan shartnomani uzaytirmagandi. Mina hozirda erkin agent hisoblanadi.