Agar «Barselona» endi o'yinchilar xaridi uchun kam sarflaydi, deb o'ylasangiz, adashasiz.

Mish-mishlarga ko'ra, klub kelasi yozda «Kamp Nou»ga birinchi darajali futbolchilarni taklif qilish ustida ishlamoqda. Quyida ulardan ba'zilari keltirilgan.

Leo Messi

Argentinalik futbolchining ajoyib tarzda qaytishi «Barsa» muxlislarining orzusi. Xabar qilinishicha, 35 yoshli futbolchi kelajagi borasida yakuniy qarorni dekabr oyida yakunlanadigan JCh-2022dan keyin qabul qiladi. Qayd etilishicha, parijliklar ham uning shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirishga tayyor.

Bernardu Silva

Diario Sport vakilining so'zlariga ko'ra, Mateu Alemani keyingi yozda yana otni qamchilaydi. Portugaliyalik yarim himoyachi «Barsa»ning 2022 yildagi eng katta transfer maqsadlaridan biri edi, ammo to'rtta iqtisodiy dastakni faollashtirish shartnomani imzolash uchun etarli emasdi, to'g'risi.

Dani Olmo

«La Masiya»ning sobiq iqtidori Joan Laportaning uzoq muddatli transfer maqsadlaridan biri ekanligi aytilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» 24 yoshli futbolchi bilan 2023 yilda birlashish borasida og'zaki kelishuvga ega. Uning «RB Leyptsig» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi, shuning uchun u arzonlashtirilgan narxda sotiladi.

Ruben Nevesh

Shubhasiz, 25 yoshli futbolchini sotib olishga qaror qilgan taqdirda, Xorxe Mendesh «Barselona»ga yordam beradi. Tayanch yarim himoyachisi Serxio Busketsning potentsial davomchisi sanaladi. Uning «Vulverxempton»dagi amaldagi shartnomasi ham ikki yildan kamroq vaqt ichida tugaydi.

Joau Feliks

Aytishlaricha, Joan Laporta portugaliyalik iqtidorlarning ashaddiy muxlisi. «Barsa» prezidenti Feliksning potentsial transferini Xorxe Mendesh bilan bir necha bor muhokama qilgan, ammo 22 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida o'ynamasagina, «Atletiko»ni tark etadi. Keling, kelasi yozda vaziyat qay tomonga o'zgarishini ko'ramiz.

Florian Virtts

Nemis iste'dodi «Barsa» muxlisi bo'lib, u bir necha bor «ko'k-anorranglilar» bilan bog'langan. Xabar qilinishicha, «Bayer» 19 yoshli futbolchiga 150 million evroga narxlagan, biroq bu uning jiddiy jarohat olishidan oldin edi...

Rafael Leao

Joriy mavsumni fantastik o'tkazayotgan portugaliyalik vinger «Milan» bilan katta g'alabalarni orzu qilmoqda. Ayrimlarning aytishicha, shaxsan Ronaldino 23 yoshli futbolchini hozirgi kunning eng zo'r o'yinchilardan biri deb biladi. Albatta, agar Leao keyingi qadamni qo'yishga qaror qilsa, «Barselona» poygada bo'lardi.

Trent Aleksandr-Arnold

Bu erda ko'pam umid qilish yaramaydi. Bir xabarda aytilishicha, «Barselona» yulduz qanot himoyachisi uchun 80 million evro taklif qilmoqchi. Bu shubhali manba tomonidan berilgan, ammo biz buni e'tiborsiz qoldira olmaymiz. «Liverpul» hozir inqirozda. Agar ularning mavsumi rejadagidek o'tmasa, hamma narsa bo'lishi mumkin.

M.Po'latov tarjimasi

Manba: «Interfutbol» gazetasi