"Barselona" "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumni hamon o'z safiga qo'shib olish niyatida, deb xabar bermoqda Football Insider.

Veynaldumning shartnomasi shu yilning yozida o'z yakuniga etadi va u erkin agent sifatida boshqa klublarga yo'l olishi mumkin. Kataloniya klubi esa unga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli yarim himoyachi bu mavsumda 28 ta uchrashuv o'tkazdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: Football Insider