"Barselona" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni qo'lga kiritishning turli variantlarini qidirmoqda.

Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" braziliyalik futbolchini bir yilga ijaraga olishni ko'zlamoqda. Boisi, hozirda to'laqonli transferni amalga oshirish uchun kataloniyaliklarda etarli mablag' yo'q.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" 120 million evro evaziga Antuan Grizmanni xarid qilgan edi.