"Barselona" rahbariyati "PSJ" hujumchisi Neymarning transferi yuzasida parijliklar bilan olib borilayotgan muzokarani to'xtatishga qaror qilgan. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" vakillariga "Pari Sen-Jermen" xodimlarining o'zini tutishi yoqmayapti. Shu bois, kataloniyaliklar bu masalani keyinroqqa qoldirishga qaror qilishdi.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" va "PSJ" o'rtasidagi munosabat yaxshi bo'lmagani bois, parijliklar Neymarni "Real"ga sotishni rejalashtirishmoqda.