«Barselona» Messiga qancha maosh taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi

«Barselona» rahbariyati «PSJ» hujumchisi Lionel Messi norasmiy shartnoma taklif qilishdi.
Jurnalist Marta Ramon «Tvitter» orqali xabar tarqatishicha, "Barsa" argentinalik futbolchiga soliqlar chiqarib tashlanganidan keyin 12-13 million evro yillik maosh taklif qilgan. Bu taklif 36 yoshli futbolchini qanoatlantirgan.
Messining "PSJ"dagi yillik maoshi 29 million evroga teng bo'ldi. Saudiyaning "Al-Hilol" klubi esa Leoga 400-600 million evro atrofida maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.