"Boka Xuniors" markaziy himoyachisi Santyago Ramos faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

Kataloniya klubi 18 yashar futbolchi bilan "3+2" ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Ayni damda "Barselona B" jamoasida  o'ynaydigan futbolchining tovon puli 60 mln evroga teng. Ramos asosiy jamoaga o'tsa tovon puli 100 mln evroga ko'tariladi.