“Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishi mumkin, deb yozadi Express nashri.

“Barselona” 28 yoshli Firminoga Luis Suaresning o'rinbosari sifatida qaramoqda. 2020-yil yozida “Barsa” Suaresdan voz kechib, Firmino olib kelishga urinib ko'radi.

Bundan tashqari “ko'k-anorranglilar” short-listidan Kilian Mbappe, Harri Keyn va Lautaro Martines kabi hujumchilar ham o'rin olgan.

Firmino joriy mavsum APLning 8 ta o'yinida qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi