"Barselona" Lautaro uchun Koutinoni bermoqchi

"Barselona" futbolchisi Filippe Koutino faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
"Calciomercato" nashrining yozishicha, Kataloniya klubi Koutinoni "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning transferiga qo'shishni rejalashtirgan. Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" Koutinoni ikki yilga ijaraga bermoqchi.