"Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transferi tobora qiyinlashib bormoqda, deya xabar beradi Catalunya Radio.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi Londonning “Chelsi” klubiga o'tishga yaqin turibdi. Avvalroq, futbolchining o'zi "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi bilan suhbatlashganiga qaramay, faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko'rishi xabar qilingandi.

Kunde o'tgan mavsumda “Sevilya” safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Frantsiya terma jamoasi futbolchisini 60 million evroga baholamoqda. Futbolchining ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.