"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoga hozircha talabgor klub topilmadi, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" shu paytgacha 28 yoshli futbolchining transferi borasida birorta ham taklif olmadi.

Shunga qaramay, "Barsa" rahbariyati, agar Koutino "Bavariya" safida Chempionlar ligasi pley-off bosqichida yorqin o'yin namoyish etsa, braziliyalik o'yinchini 80 million evroga sota olishiga ishonmoqda.

Filippe 2019 yilning avgust oyidan beri myunxenliklar safida ijara asosida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsumda 34ta o'ynida maydonga tushib, 9ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.

Transfermarkt uning narxini 56 million evroga baholagan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.