"Barselona" klubi "Real Sosedad"ga qarshi bahs bilan La Liga yangi mavsumini boshlaydi. 

Mazkur uchrashuv uchun Katloniya klubi qaydnomasiga Koutino, Pyanich va Umtiti kabi futbolchilar kiritilmadi. 

"TV3" nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorrangilar" ular uchun chiqish yo'llarini izlamoqda. Katta ehtimol bu o'yinchilar "Barselona"ni tark etadi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Koutinoning "Latsio"ga, Pyanichning esa "Yuventus"ga o'tishi borasida xabarlar tarqalayotgan edi.