"Barselona" keyingi yili "Granada"ning 20 yoshli yarim himoyachisini sotib oladi

"Granada" yarim himoyachisi Antonio Aranda bir yildan so'ng "Barselona"ga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manba xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchining "Granada" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil iyunigacha mo'ljallangan. Ta'kidlashicha, kelasi yozda yarim himoyachi "Barselona" futbolchisiga aylanadi.