"Barselona" Kanseluni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi

"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniyaliklar sport direktori lavozimida ishlayotgan Deku jamoaning o'ng qanot himoyasini kuchaytirish kerak, deb hisoblaydi.
"Ko'k-anorranglilar" portugaliyalik futbolchini sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. "Shaharliklar" esa o'z futbolchisini sotmoqchi.
Qolaversa, "Barselona" 29 yoshli futbolchiga "Manchester Siti"da oladigan maoshini - yiliga taxminan 8 million evroni to'lashga qurbi etmaydi. Shu sababli, mumkin bo'lgan transfer uchun Kanselu maoshini kamaytirishga majbur bo'ladi.