"Barselona" himoyachisiga APLdan xaridor chiqdi

"Barselona" futbolchisiga APLdan yana bir xaridor paydo bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, Kleman Langle uchun "Everton" ham qiziqa boshlagan. Xavi Langleni keyingi mavsum uchun rejalariga kiritmagan edi.
Shu sabab Frantsiya terma jamoasi a'zosi Kataloniyani tark etishi aytilgan. U uchun "Sevilya", "Tottenxem" hamda "Arsenal" ham da'vogar sanaladi.
Manba: caughtoffside.com