"Barselona" futbolchisi jamoani tark etmoqchi emas. Xabarlarga ko'ra, jamoa himoyachisi Markos Alonso Kataloniyada qolmoqchi. Ispaniya terma jamoasi a'zosiga "Inter" qiziqish bildirmoqda.

U o'tgan mavsumda "Barselona"ga erkin agent sifatida kelgan edi. Alonsoning amaldagi bitimi 2024 yilda yakunlanadi. Ayni damda futbolchining tovon puli 50 million evroga teng.

Manba: bbc.com