"Atletiko" hujumchisi Antuan "Barselona"ga o'tadi.

"Mundo Deportivo" nashriga ko'ra, Kataloniya klubi transferni 14 iyulda rasman e'lon qiladi. Ma'lumot uchun, bu kun Frantsiyaning milliy bayrami kuni hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, 1 iyulda Grizmanning tovon puli arzonlashadi. "Barselona" Grizmann uchun 120 mln evro to'laydi.