"Barselona"ga 65 million evrolik taklifni yuborgan Saudiya klubi nomi ma'lum bo'ldi

Rafinya "Barselona"ni tark etishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi Saudiya Arabistonidan 65 million evrolik taklif olgan. Bu taklifni "Al-Hilol" klubi yuborgan. Biroq, "Barselona" bu miqdorni biroz kam baholangan deb hisoblaydi.
Bir necha hafta oldin braziliyalik futbolchiga "Al-Hilol" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. "Ko'k-anorranglilar" agar Saudiya Arabistoni 90 million evro taklif qilsa, muzokaraga kirishishga tayyor ekanliklarini aytdi.
O'shandan beri "Barselona" moliyaviy talablarini pasaytirdi - klub Niko Uilyams va Dani Olmoni qo'lga kiritish uchun futbolchilarni sotishi kerakligini tushunadi. Qanot futbolchisining fikri o'zgarmadi - u jamoadan ketishni istamayapti.