"Barselona" futbolchisiga O'rta Sharqdan taklif bor

"Barselona" futbolchisi jamoadan ketishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Frank Kessie Saudiya Arabistoni klublaridan taklif olgan. Bu haqida The Athletic nashri ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, "Al-Ahli" futbolchi uchun da'vo qilmoqda."Barselona" 30 million evro evaziga undan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan. Kessie o'tgan mavsum davomida "Real" darvozasiga bitta gol kiritgan edi.
Manba: caughtoffside.com