Huquqiy jihatdan Kataloniyaning "Barselona" klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda ijara asosida Portugaliyaning "Benfika" klubida o'ynayotgan Jan-Kler Todibo faoliyatini Frantsiyaning "Nitstsa" klubida davom ettiradigan bo'ldi.

Foot Mercato nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, frantsiyalik futbolchi "Nitstsa" jamoasi uchun bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.