«Barselona» futbolchisi APLga qaytishi mumkin

“Barselona” himoyachisi Tomas Vermalen faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi xizmatlariga “Vest Xem” va “Uotford” klublari qiziqib qolgan. Jamoalar futbolchi uchun 1 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Futbolchiining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Vermalen avval ham APLda to'p surgan u “Arsenal” sharafini himoya qilgan.