"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishda davom etmoqda. Shuning uchun klub hujumchi Ansu Fati sotishga tayyor.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Fati transferi uchun so'ralgan summani kamaytirishga qaror qilishgan. Endi "ko'k-anorranglilar" 20 yoshli futbolchini 100 million evroga emas, balki arzonroqqa sotishga tayyor.

Ansu Fati bir qancha klublar, xususan, Angliyaning "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari bilan bog'langanligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

2022/2023 yilgi mavsumda Ansu Fati "Barselona" safida 36 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan. Ularda futbolchi oltita gol urdi va sheriklariga uchta samarali uzatma berdi.