"Barselona" Fatini 100 million evrodan kamiga sotish niyatida emas

Ansu Fati juda iqtidorli futbolchi, ammo "Barselona" moliyaviy ahvoli og'irligi sababli uni sotishga tayyor.
Football Insider nashri xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida "ko'k-anorranglilar" Fatini 90 million funt (taxminan 102 million evro) evaziga sotishga tayyor bo'ladi.
Avvalroq, Fatining otasi o'g'lining jamoada kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan noroziligini ommaviy ravishda bildirgandi.
2022/2023 yilgi mavsumda Ansu Fati "Barselona" tarkibida 39 ta o'yinda maydonga tushgan. Ularda 20 yoshli futbolchi ettita gol urdi va sheriklariga uchta samarali uzatma berdi.